Qonunchilik palatasining ikki vitse-spikeri o‘lim jazosini qaytarish bo‘yicha turli fikrlarni bildirdi. Alisher Qodirov Toshkentda bolaning o‘ldirilishiga oid xabardan so‘ng bunday qotillar “yashamasligi kerak”, dedi. Odiljon Tojiyev esa o‘lim jazosi jinoyatni kamaytirmasligini ta’kidladi.
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko yangi qonunni imzoladi, unga ko‘ra, mansabdor shaxs yoki harbiy xizmatchi tomonidan davlatga xiyonat qilganlik uchun o‘lim jazosini qo‘llash nazarda tutilgan.
Shavkat Mirziyoyev o‘lim jazosini qaytarish haqidagi takliflarga qo‘shilmasligini aytib, uni taqiqlash to‘g‘risidagi normani Konstitutsiyada mustahkamlab qo‘yishni taklif qildi. «Chunki yashash huquqi — har bir insonning tabiiy huquqidir», — dedi u.
Konstitutsiyani isloh qilish bo‘yicha komissiyaga o‘lim jazosini tiklash va parlamentar respublikaga o‘tish takliflari yuborildi. Komissiya raisi Akmal Saidov o‘lim jazosi haqida «davlat o‘zi bermagan narsasini olib qo‘yishga haqqi yo‘q» dedi, parlamentar respublika esa «bizga kerak bo‘lmasa kerak» deya ta’kidladi.
AQSHda federal hukumat qaroriga ko‘ra 1953 yildan beri ilk bor ayol kishi qatl etildi. Jazo tanaga o‘lim in’eksiyasini yuborish orqali amalga oshirilgan.
Qozog‘iston o‘lim jazosini bekor qilish bo‘yicha xalqaro protokolga qo‘shildi. Mamlakatda ushbu jazoni qo‘llash 2003 yildan beri to‘xtatib qo‘yilgan edi.
AQSHda so‘nggi 17 yil ichida ilk bor federal darajadagi jinoyatda ayblangan mahkum qatl etildi. Uch kishilik oilani o‘ldirganlikda ayblangan 47 yoshli mahkumning tanasiga o‘lim in’eksiyasi yuborildi. Mamlakatda iyul-avgust oylarida yana uch kishi qatl etiladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting